Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar COVID-19 bemorlari orasida o‘lim xavfini kamaytirish yo‘lini topdilar

Olimlar COVID-19 bemorlari orasida o‘lim xavfini kamaytirish yo‘lini topdilar

Foto: «Depositphotos / obencem»

Olimlar С vitamini COVID-19dan azob chekayotgan bemorlarning ahvolini yaxshilashi mumkinligini aniqladilar. Tegishli tadqiqot «Nutrients» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar bir qancha tadqiqotlar orqali intensiv terapiya bo‘limida yotgan bemorlarning 68 foizida o‘lim holati kamayganligini ko‘rsatib berishdi.

Qayd etilishicha, xulosa yuzdan ortiq tadqiqotlar natijalariga asoslangan. Jumladan, randomizatsiyalangan nazorat sinovida tajriba ishtirokchilarining bir qismi С vitamini, qolganlari esa steril suvni qabul qilishgan.

Shifokorlar С vitaminining yuqori samaradorligini organizm og‘ir infeksiyani yuqtirib olgach immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun С vitaminini odatdagidan ko‘ra tezroq sarf qila boshlashi bilan izohlashdi.

Shuningdek, tadqiqotda ta’kidlanishicha, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan bemorlarning ko‘pchiligida qonda С vitamini darajasi juda past.

Shunga qaramay, mutaxassislar koronavirusga chalinganlarni o‘z-o‘zini davolashdan ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring