Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar 2025 yilda insoniyatga xavf solayotgan qanday ofatlarni bashorat qilmoqdalar?

Olimlar 2025 yilda insoniyatga xavf solayotgan qanday ofatlarni bashorat qilmoqdalar?

foto: internet, ochiq manba

Yer isitmalayotganga o‘xshaydi. Ehtimol, quyosh faolligining oshishi va antropogen omil unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Olimlar xavotirda: sayyora bizga jiddiy belgi berib, yaqinlashib kelayotgan ofatlardan ogohlantirmoqda, deb yozmoqda o‘z tahlillarida Life.ru nashri.

Quyosh bo‘ronlari

2025-yilda quyosh faolligining 11 yillik sikli tugaydi. Ammo yengil nafas olishga erta. Bizning yulduzimiz yana bir siklga ega – u «Xeyl sikli», deb ataladi va 22 yil davom etadi. Amerikalik geliofizik Skott Uilyam Makintosh ta’kidlaganidek, bu vaqtda Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida geomagnit faollik yana 50% ga oshadi. 2024-yilda hatto Rossiyaning janubida ham kuzatilgan qutb yog‘dulari esingizdami? Ular kelasi yil yanada yorqinroq bo‘ladi.

Gap shundaki, «Xeyli sikli» davomida bizning yulduz magnit qutblarini ikki marta o‘zgartiradi.

Bu vaqtda Quyoshda ko‘proq «dog‘lar» paydo bo‘ladi, ya’ni quyosh «shamoli» manbalari bular zaryadlangan zarralar oqimidir.

Quyosh bo‘roni sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik kemalar, aloqa va internet uchun xavf tug‘diradi.

Insoniyat XXI asrda Yer orbitasida 10 000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlardan foydalangani sabab, 2025 yilda u halokatli aloqa nosozliklariga duch kelishi mumkin. Sun’iy yo‘ldoshlar tom ma’noda osmondan «tushadi». Tiktokni tomosha qiladigan odam uchun bu muhim emas, lekin dunyoning narigi tomonidagi neyroxirurg operatsiya qilgan bemor uchun bu xavfli bo‘lishi mumkin.

Vulqon

NASA mutaxassislarining tashvishli taxminlariga ko‘ra: Quyoshning dog‘lari faolligi 25 yillik cho‘qqisiga yetgan. Bu Yerda vulqonlar uyg‘onadigan vaqtdan darak. Hozirgacha barcha vulqondan keyingi qishlar shu yillarda sodir bo‘lgan. Masalan, 1816 yilda Tambora tog‘idagi vulqon otilishi Bavariyada yoz o‘rtalarida qor yog‘ishiga sabab bo‘lgan, AQShda yozda juni qirqilgan qo‘ylar muzlab nobud bo‘lgan. Agar bu kelgusi yil sodir bo‘lsa ba’zi mamlakatlar iqtisodini tom ma’noda o‘ldirishi mumkin.

Vulkanologlar allaqachon Alyaskadagi Ejikumbe, Indoneziyadagi Anak-Karakatau va Kamchatkadagi Sheveluch vulqonlari faollashayotganini aytishmoqda. Va hatto Axay tog‘i hududida faollik izlari aniqlandi – bu Tinch okeanidagi eng katta suv osti vulqoni. U Mariana orollari yaqinida joylashgan. Agar u otilishni boshlasa qirg‘oqda katta suv toshqini sodir bo‘ladi.

Yana bir noxush xabar, olimlarning fikricha, 2025-yil fevral oyida Turkiyada kuchli zilzila sodir bo‘ladi.

To‘fon

Amerika  klimatologlari fikricha, 2025-yil juda issiq bo‘ladi, garchi El Nino pasaygan bo‘lsa ham. Bu muzliklarning erishi va Dunyo okeanidagi suv darajasiga ta’sir qiladi. Amerikaning 32 ta shahri toshqin hududida bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bularga Boston, Nyu-York, Atlantik Siti, Mayami, Nyu-Orlean, Luiziana, Richmond, Oklaxoma, San-Fransisko, Santa Kruz, Long-Bich va San-Diyego kiradi. Okeanning ko‘tarilishining eng dahshatli oqibati tuproqning cho‘kishi, ko‘p qavatli binolar va himoya to‘g‘onlarining qulashi xavfi bo‘ladi.

Muzliklarning erishi tufayli Himoloyning butun hududlari suv toshqini xavfi ostida qoladi. Hindiston, Nepal, Xitoy va Butanga halokatli suv toshqinlari tahdid soladi. Muzlagan ko‘llar, ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin. Erigan suv bilan to‘lgan bu ko‘llar  halokatli sel oqimlarini keltirib chiqaradi. G‘arbiy Himoloy, Qorakoram, Markaziy Osiyo va Peruda sel xavfi yuqori. Bu haqda UNIGE Ekologiya instituti olimlari ogohlantirmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, muzlagan ko‘llarning portlashi ichki to‘fonni keltirib chiqaradi, bu esa okean to‘fonidan kam emas. Qolaversa, 2025-yilda 15 millionga yaqin odam xavfli hududlarda istiqomat qiladi.

Yong‘in

O‘rmon yong‘inlari maydoni doimiy ravishda o‘sib bormoqda va olimlarning fikriga ko‘ra, 2050 yilga kelib ularning maydoni uchdan birga oshadi. 2025  yilning issiq kelishi va  kuzatiladigan momaqaldiroqlar AQSh, Ispaniya, Kanada, Fransiya va hatto Rossiyada juda ko‘p muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Atlantika okeani ustidagi dovullar

2025-yilda bo‘ronlar uchun asosiy sahna Atlantika bo‘ladi. Dovullar mavsumi kelgusi yilning iyun oyida boshlanadi va 30 noyabrda tugaydi. Umuman olganda, olimlar 21ta dovulni bashorat qilmoqdalar, ulardan ikkitasi halokatli bo‘ladi.

Bo‘ronlar Xitoy, Vetnam va Hindiston qirg‘oqlariga tahdid soladi. Olimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda dovullar paydo bo‘ladigan hudud kengaymoqda. Pekin yoki Nyu-York aholisi yaqin yillarda dovul xavfidan doimo ogoh bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Rossiyada Qora dengiz sohillari va Shimoliy Kavkaz shaharlari xavfli hududga aylanish ehtimoli bor.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring