Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘limga olib keluvchi «indamas» kasalliklar

O‘limga olib keluvchi «indamas» kasalliklar

Foto: «Doctoram.net»

O‘limga olib keluvchi shunday xavfli kasalliklar borki, erta bosqichlarida rivojlanishini payqamay qolish hech gap emas. Chunki ular boshida alomatsiz kechadi. Rossiyalik shifokor-terapevt Galina Rodchenkova bu haqda ogohlantirdi.

Birinchi navbatda, bunday kasalliklarga arterial gipertenziya kiradi: u aholi orasida juda keng tarqalgan. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kasallik kelib chiqishining asl sababi hali aniqlanmagan. Xavf omillariga semirish, kamharakat turmush tarzi, tuzni ko‘p iste’mol qilish va irsiyat kiradi. Bunday hollarda odam qon bosimini diqqat bilan nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, Rodchenkovaning so‘zlariga ko‘ra, gepatit V va C viruslarini yuqtirish ham sezdirmasdan o‘tadi.

«Kasallik ko‘pincha jiddiy shikastlanish boshlangunga qadar alomatsiz kechadi. Yaxshiyamki, emlash orqali gepatit V ning muvaffaqiyatli oldini olish mumkin. Ammo gepatit C ga qarshi vaksina hali ixtiro qilinmagan», — dedi mutaxassis.

Shifokor, shuningdek osteoporozni xavfli kasallik deb atadi. U suyaklar zichligining pasayishi, mo‘rtlashishi ortishi bilan tavsiflanadi. Natijada yengil jarohatlar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xavf guruhiga chekuvchilar, 65 yoshdan oshganlar va tana vazni past bo‘lgan bemorlar kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring