Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olcha sharbatining yurakka foydasi aniqlandi

Olcha sharbatining yurakka foydasi aniqlandi

Foto: Lefud

Delaver universiteti olimlari nordon olcha sharbati yurak-qon tomir kasalliklari hamda Parkinson va Alsgeymer singari neyrodegenerativ xastaliklarning oldini olishda foydali ekanini tasdiqlashdi.

Universitet o‘tkazgan 12 haftalik tadqiqotda 65 dan 80 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar qatnashdi.

Nordon olcha sharbati yallig‘lanish va oksidlovchi stress darajasini kamaytirishga xizmat qiluvchi polifenollarga boyligi aniqlandi. Olcha sharbatini muntazam iste’mol qilgan tadqiqot qatnashchilarining umumiy holati yaxshilangan.

Kerakli natijaga erishish uchun kunlik iste’mol qilinadigan olcha sharbati miqdori — 2 stakan. Ishtirokchilarda xolesterin 11 foizga, S-reaktiv oqsil 25 foizga kamaygan.

Ta’kidlanishicha, olcha sharbati DNK tiklanishiga xizmat qiluvchi OGG1 geni faolligini oshirgan.

Yangilik xususiyatiga ega xabarlarni shifokor tavsiyasi sifatida qabul qilmaslik kerak. Albatta mutaxassis bilan maslahatlashing!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring