Oktyabr oxirida Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelyapti
O‘zgidromet bosh direktori Sh. Habibullayev o‘zining feysbukdagi sahifasida mazkur oyning so‘ngi kunlarida respublikada beqaror ob-havo, yomg‘irli va haroratning biroz pasayishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 30-31-oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
30-oktyabrda respublika hududi, 31-oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 30-31-oktyabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
30-31-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
Kunduzi havo harorati 10-13 daraja iliqgacha pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter