Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ktam Barnoyev vafot etdi

O‘ktam Barnoyev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi.

Bugun davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida vafot etdi.

O‘ktam Barnoyev 1997-2000-yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2000-2002-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar, 2002-2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004-2005 yillarda hukumatning Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005-2007 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

2007-2008-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari, 2008-2010-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2011-2016-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i, 2016-yilda «O‘zagrokimyo» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan. U 2016 yil dekabrida Buxoro viloyati hokimligiga tayinlangan. 2020-yil 28-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring