Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ktam Barnoyev: «Avval budjet xodimlari paxta terimiga olib chiqilmagani uchun hokim ishdan ketardi...».

O‘ktam Barnoyev: «Avval budjet xodimlari paxta terimiga olib chiqilmagani uchun hokim ishdan ketardi...».

Foto: «darakchi.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat hamda javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev shunday fikrlarni bildirdi:

— Avval budjet xodimlari paxta terimiga olib chiqilmagani uchun hokim ishdan olinardi. O‘zingizning xabaringiz bor...

Abdulla Aripov bunga javoban shunday dedi:

— To‘g‘ri! Ishdan olingan. Lekin endi vaziyat o‘zgardi. Siyosat o‘zgardi!

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilganini alohida qayd etish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring