«O‘jar fuqaro»: Patrul xodimi qoidabuzarlik qilsa nima bo‘ladi? (video)
Yaqinda Xitoyning Xandan shahrida g‘ayrioddiy voqea yuz berdi. Mopedida ketayotgan oddiy fuqaro qoidabuzar patrul-transport politsiyasi xodimini «ushladi».
Unga yetib olib, qonunga bo‘ysunishni talab qildi. Birinchidan, rulda mobil telefonda gaplashmaslik kerak, ikkinchidan, xavfsizlik kamari taqilmagan, uchinchidan, stop-signali ishlamayapti...
Politsiyachi o‘zini oqlashga urindi. Ko‘ylagi terlab ho‘l bo‘lib ketgani uchun kamarni taqmaganini bahona qildi. Mopedchi ham o‘jar ekan: politsiyachidan o‘ziga o‘zi jarima yozishni talab qildi, aks holda videoni internetga joylashtirib yuboraman, deb po‘pisa qildi.
Shundan so‘ng politsiyachi ta’qibchisidan qochib qutulishga urindi. Oqibatda video internetda tarqab, keng muhokamalar mavzusiga aylandi, mahalliy politsiya ichki xavfsizlik xizmati aralashishga majbur bo‘ldi. Haligi politsiyachi (qoidabuzar)ga avvaliga uchta jarima yozildi, tarbiyaviy soat o‘tkazildi, oxiri lavozimidan chetlatishdi. Ammo shu bilan ish yopilmadi...
Har ehtimolga qarshi, o‘sha politsiyachi ishlagan bo‘lim xodimlarini bir oylik qayta tarbiyalash kurslariga yuborishdi.
中国交警又一次被人民教育了😐 pic.twitter.com/c1CXFEOsLN
— Liu Wancheng (@liu_wancheng) October 9, 2022
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter