Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol Reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol Reabilitatsiya markazlariga joylashtirildi

Joriy yil 20-aprel holatiga ko‘ra oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol farzandlari bilan Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo viloyatlaridagi Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga joylashtirildi. Ularga kerakli huquqiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarning muammolarini hal qilish bo‘yicha hududlardagi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari va bo‘limlari, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, prokuratura organlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan izchil hamkorlikda ish olib borilmoqda. Muammolarning hal qilinishi borasida olib boriladigan ishlar esa O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining doimiy nazoratida bo‘ladi. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, respublikamizdagi barcha markazlar bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida karantin talablaridan kelib chiqqan holda «o‘zini o‘zi yakkalash» tartib-qoidalariga amal qilgan holda faoliyat olib bormoqda, deyiladi Senat xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring