Oilaning yagona farzandi «Dok-1 Maks» ichganidan keyin vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida «Dok-1 Maks» siropidan iste’mol qilgan, Uchqo‘rg‘on tumanining Guliston mahallasida yashagan 3 yoshli o‘g‘il bola, oilaning yagona farzandi B.Q. vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi aniqlik kiritishicha, vafot etgan bemor B.Q. shifoxonadan tashqari rivojlangan pnevmoniya.O‘tkir kechuvi og‘ir formasi. hazm faoliyatini funksional buzilishi. Dispeptik holat. Gipovolemiya og‘ir darajasi diagnozi bilan davolangan, shifoxonaga og‘ir holatda murojaat qilgan, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 21.12.2022 yil kuni vafot etgan.
«Butun Respublika bo‘ylab «Dok-1 Maks» dori vositasining salbiy ta’siri bo‘yicha muammolar kelib chiqishi boshlaganidan keyin so‘rab o‘rganilganda, vafot etgan bemor onasining so‘zidan bola ham uy sharoitida «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilganligi aniqlangan», deyiladi boshqarma xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu preparatdan vafot etgan bolalar soni 19 nafarni tashkil etishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter