«Oilam» videoloyihasi: «Yetti qizning onasi»
— Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilganman, ota-onam oddiy odamlar bo‘lgan, — deydi farg‘onalik Ko‘paysin Karimova. — 7 nafar qizim bor, barchasini o‘qitdim, dehqonchilik qildim, somsa pishirib sotdim, lekin qizlarimni o‘qitdim...
Ko‘paysin xola qizlarni o‘qitishdan maqsad ishlamagan taqdirda ham oila totuvligi, bolalar tarbiyasi uchun onaning dunyoqarashi, bilimi kengayadi, deb hisoblaydi.
Hammaning armoni bor, Ko‘paysin xolaning armoni esa... siz o‘ylaysiz xola o‘g‘il farzand ko‘rmagani uchun xafa bo‘lgandir, yoki... Xullas Ko‘paysin Karimovaning bosh farzandi o‘g‘il bo‘lgan, ikki yoshga to‘lganida, 17 yildan beri farzand ko‘rmagan qaynag‘asi choponiga o‘rab olib ketgan... O‘g‘lini qaytarib ololmaganini, o‘g‘liga bo‘lgan sog‘inchini, iztiroblarini barchasini qahramonimiz bir so‘z bilan andisha deb ataydi.
Olti nafar qizlarini uzatgan, hozir uyda bir talaba qizi bor.
«Qaynag‘am vafot etgan, o‘g‘limni o‘zimiz uylantirdik, har zamonda ko‘rishib turamiz», —deydi xola. O‘g‘lining armonlari, o‘g‘lining onasiga bergan savollarini Ko‘paysin xola birda mahzun, birda ko‘zlari chaqnab so‘zlayveradi, so‘zlayveradi.
Qizlarning tarbiyasi, ularni voyaga yetkazish mas’uliyati haqida eshitish uchun Ko‘paysin xolaga yuzlanamiz...
Muallif: Barno Sultonova
Tasvirchi: Akmal Qudratov
Montaj ustasi: Sherzod Qayumov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter