Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oilam» videoloyihasi: 2+6. Ko‘p bolali 31 yoshli ona

Prezidentimiz Milliy gvardiyani mehribonlik uylariga biriktirib qo‘yganidan keyin Farg‘ona viloyatida birinchilardan bo‘lib Mehribonlik va bolalar uylari birin-ketin o‘z eshiklarini yopa boshladi. Ayni damda oilaviy bolalar uylarining soni 16 ta. Hatto bolalarni Milliy gvardiya xodimlari ham o‘zlariga farzand qilib olishda o‘rnak ko‘rsatdilar. Shulardan biri Oysanam Berdiyeva. Farg‘onaning Dang‘ara tumanida yashaydi. 31 yoshli 8 farzandning onasi. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyat boshqarmasi Qo‘qon shahridagi harbiy qismda psixolog mutaxassis bo‘lib ishlaydi. 

– Mehribonlik uylarida ishlash jarayonidayoq biz bolalarning oyisiga, dadasiga aylanamiz. Ayniqsa, kam sonli bolalar mehribonlik uylarida qolgach ular bilan xayrlashish juda qiyin kechadi, – deydi Oysanam biz bilan suhbatda. – Shuning uchun qolgan bolalarni o‘zim farzand qilib olishga qaror qildim. 3 yoshli Jasurbek «aya meni tashlab ketasizmi», deganida boshqacha bo‘lib ketdim. Begona bola sizni oyi, desa, qanday qilib befarq bo‘lish mumkin. Va turmush o‘rtog‘im bilan kelishib bolalarni farzandlikka olishga qaror qildik.

Hozir Artem, Roza, Nurilloh, Munisaxon, Shaxrizoda, Jasurbekning endi o‘z oilasi bor.

Oysanam: «Munisaxonda qo‘rquv bor, baribir bir kun meni oyim olib ketadi va yana tashlab ketadi, degan, Artem ham meni tushunadigan oila bo‘lmasa kerak, deb o‘ylardi, Jasur bog‘chaga  borishga qo‘rqardi, «bir kuni meni tashlab ketasiz»deb yig‘lardi.

Bolalarning onasi har biridagi qo‘rquvni, xavotirni ich-ichidan his qiladi. Uning aytishicha, bir xil oilalarda rostdanam bolalarni boqishga imkon yo‘q, ba’zi bolalarning otasi yoki onasi o‘zi tarbiyalasa ham imkoni bor.

Bolalar yashayotgan Berdiyevlar oilasida ular uchun barcha sharoitlar muhayyo.

Artem kelajakda mashinist bo‘lmoqchi, Roza futbol sportini yaxshi ko‘radi. Ota-onalar esa ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Oysanamning aytishicha, bolalar mehribonlik uylarida barchani aya, deb o‘rgangani bois ular ota mehriga juda zor. Shu bois tog‘alar ham, amakilar ham ular uchun birdek sevimli dadajon...

Barno Sultonova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring