«Oilam»: o‘t o‘chiruvchi ota yoki xaloskor (video)
«Oilam» loyihasining navbatdagi qahramoni o‘t o‘chiruvchi ota. Sirdaryoning Mirzaobod tumanida yashovchi 43 yoshli Abduvahob Ibragimov farzandlariga qahramonlik va jasurlik bo‘yicha o‘rnak.
«Men bilan farzandlarim o‘rtoqlarining oldida faxrlanadi, har bir ota uchun farzandlar oldida g‘ururlanadigan jihati bo‘lishi – bu muhim albatta», deydi hamsuhbatimiz.
Farzandlariga halol yashash va kamtarlik borasida o‘rnak bo‘layotgan otaning yashash tarzi ham shunga munosib. O‘zining amali va aytar so‘zi bir bo‘lgan insonlarning farzandlari to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar. «Har bir oilaning o‘zining an’analari, xotiralari bo‘ladi», deydi yana u.
Darvoqe, qahramonimiz kasbi bilan bog‘liq holatlarda ayna shu jihatga urg‘u beradi. «Befarqlik nafaqat boshga kulfat keltiradi, balki bir umrlik qalbda dog‘ bo‘lib qoladi. Axir bir lahzada yonib kul bo‘lgan uy bilan birga umrlik xotiralar, bolalik xotiralari, oila xotiralari kulga aylanadi»...
Qutqaruvchi, bo‘rttirib aytadigan bo‘lsak xaloskor ota bilan uzoq suhbatlashdik. Axir 22 yil bir joyda ishlab hurmat orttirish, ishxonasida kim bilandir aka, kim bilandir uka bo‘lib bir oilani tashkil qilishga yuragida ezgulik degan alangasi bor odamlargina qodir.
Muallif: Barno Sultonova
Tasvirchi: Akmal Qudratov
Montaj ustasi: Sherzod Qayumov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter