Ohangaronda «Matiz» va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor

Kecha, 14 avgust kuni «Olmaliq-Toshkent» avtomobil yo‘lida «Matiz» hamda yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 14 avgust kuni soat taxminan 07:00 larda Ohangaron tumani hududida kesib o‘tuvchi «Olmalik-Toshkent» avtomobil yo‘lining 25-km.da, haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli transport vositasida Olmalik-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan haydovchi 1976 yilda tug‘ilgan J.S boshqaruvidagi «SINOTRUK» rutsumli yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Natijada «Matiz» rusumli, avtomashina haydovchisi K.X. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oxangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter