Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaron yo‘lining bir qismi yopildi

Ohangaron yo‘lining bir qismi yopildi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi Ohangaron yo‘lining bir qismida harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi.

IIBB xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Ohangaron yo‘lining «Yangiobod dehqon bozori» qarama-qarshi tomonidagi bir qismida harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan.

Harakat ta’mirlash ishlari yakunlangunicha yopilgan. Ta’mirlash ishlari qachon yakunlanishi sanasi ma’lum qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring