Ogohlantirilmagan bo‘lsangiz, jarima to‘lamaysiz
Gaz o‘lchagichni (schyotchik) muddati tugaganiga 2 oy bo‘libdi, meni ogohlantirishmagan. Endi 600 ming so‘m jarima to‘laysiz deyishyapti. Muddat tugaganligi haqida ogohlantirilishim kerakmasmi?
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalining ma’lum qilishicha, gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan o‘ttiz kun oldin iste’molchini gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantirishi zarur.
Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi rahbari gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida iste’molchilarning o‘z vaqtida ogohlantirilishi uchun mas’uldir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter