Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘g‘limni pichoqlagan shaxs ko‘chada bemalol yuribdi» — Bosh prokuratura G‘uzordagi voqea bo‘yicha bayonot berdi

«O‘g‘limni pichoqlagan shaxs ko‘chada bemalol yuribdi» — Bosh prokuratura G‘uzordagi voqea bo‘yicha bayonot berdi

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Tugal qishlog‘ida yashovchi fuqaro Hafiza Hamroyeva ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan. U o‘z o‘g‘lini pichoqlagan shaxs javobgarlikka tortilmagani, bemalol ko‘chada yurganligi, shu sababli adolat qaror topishi, aybdorga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan G‘o‘zor tumani IIB tomonidan gumondor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan «Qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring