Og‘ir jinoyatlar eng ko‘p sodir etilgan hududlar sanaldi
Yig‘ilishda mamlakatimiz bo‘yicha kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan, «qizil» toifaga kiritilgan mahallalar eng ko‘p Toshkent shahri, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlariga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan olti oyda mahalladagi o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar Farg‘ona, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida eng ko‘p sodir etilgan.
Farg‘ona shahrida o‘g‘rilik, Namangan shahrida bezorilik, Qo‘qon shahrida tan jarohati, Samarqand shahrida nomusga tegish va tovlamachilik, Mirobod tumanida qotillik ko‘p yuz bergan.
Avvalroq davlat rahbari huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan rahbarlar borligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter