Og‘ir dardga yo‘liqqan Selin Dion haqida film chiqariladi
Kanadalik mashhur qo‘shiqchi Selin Dionning «mushaklar qattiqligi sindromi», ya’ni qattiq odam sindromi bilan kurashi haqidagi hujjatli film 25 iyun kuni namoyish etiladi.
Filmda xonandaning qiyinchiliklarga bardosh berishi, hayoti davomida musiqa qanday hamrohlik qilgani haqida hikoya qilinadi. Bu haqdagi ma’lumot 17 aprel kuni Dionning Instagram sahifasida e’lon qilindi.
«Men muxlislarimni qanchalik sog‘inganimni angladim. Ijoddan biroz uzoqlashganimda, hayotimning ushbu qismini hujjatlashtirishga, bu kam ma’lum bo‘lgan kasallik haqida xabardorlikni oshirishga va xuddi shu tashxis bilan og‘riyotgan boshqalarga yordam berishga qaror qildim», — deydi Selin Dion.
«Mushaklar qattiqligi sindromi» — o‘ta kam uchraydigan nevrologik xastalik bo‘lib, unda bemorda umumiy mushak qattiqligining kuchayishi kuzatiladi va og‘riqli spazmlar kuzatiladi.
Kasallikning so‘nggi bosqichida jiddiy spazmlar tufayli suyaklar sinishi, mushaklarning yirtilishi kabi og‘ir holatlar kuzatilishi mumkin. Qorin bo‘shlig‘idagi to‘qimalarning o‘z-o‘zidan yorilishi xavfi ortadi. Bemorning ovqatlanishi, yurishi va hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarishi juda qiyin kechadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter