Og‘ir ahvolda shifoxonaga tushgan bemor hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U.A. (erkak) 16-iyul kuni Zangiota tumanidagi «Nazarbek» yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Bemorda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.
Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
17-iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter