«O‘gay ona qizning badaniga pichoq, qaychilarni tiqqan»: Prokuratura Andijondagi holat bo‘yicha bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijonda 11 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan kaltaklandi» nomli xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, fuqaro I.X. Oltinko‘l tuman IIBga yo‘llagan arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, fuqaro M.X. 2016 yilda S.X. bilan qonuniy nikoh asosida, Oltinko‘l tumanida yashab kelib, S.X ning oldingi turmushidan bo‘lgan qizi voyaga yetmagan X.I. ni muntazam ravishda urib tan jaroxati yetkazib kelgan, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.X ga nisbatan 28.05.2022 yilda JKning 110-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qizning xolasi o‘gay ona uning badaniga pichoq, qaychilarni tiqib, kaltaklaganini aytib, murojaat bilan chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter