Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oftalmologiya uchun innovatsiya» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

«Oftalmologiya uchun innovatsiya» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Bugun, 11 may kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumani markaziy poliklinikasida «Zangiota tumani — O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash, ilm-fan va ta’lim sohasida jahon va ichki tajribani joriy etishda innovatsiya maydon» loyihasi doirasida «Oftalmologiya uchun innovatsiya» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminari hamda «Yorqin nigoh» innovatsion-oftalmologik xonasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Zangiota tumanidagi markaziy poliklinida o‘tkazilgan tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Faol tadbirkorlik, innovatsiyaon g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash» yili davlat dasturi hamda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi.

«Sharq Ayoli» xalqaro jamoat fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda sog‘liqni saqlash tizimida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish masalasi muhokama etildi.

Tadbir tafsilotlari bilan tez orada batafsil ma’lumot beramiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring