O‘FF prezidenti xorij safarlariga nega Bobur Shodiyev bilan chiqishi sababi ma’lum bo‘ldi
![O‘FF prezidenti xorij safarlariga nega Bobur Shodiyev bilan chiqishi sababi ma’lum bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1935492955.jpeg)
Umid Ahmadjonov va Bobur Shodiyev «Real» prezidenti Florentino Peres bilan.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xorij safarlariga Bobur Shodiyev bilan chiqishiga izoh berdi.
«Futbol klubini ushlab turish oson emas. Masalan, Shodiyevlar «Paxtakor»ga o‘z hisoblaridan sarmoya kiritishyapti. Shodiyevlar — mamlakatning haqiqiy vatanparvarlari. Nega men xorij safarlariga Bobur Shodiyev («Paxtakor» prezidenti — tahririyat) bilan birga chiqaman. Chunki uning butun dunyoda o‘z reputatsiyasi bor. Biz boshqa davlatlarga chiqqanimizda, ularning darajasiga mos bo‘lishimiz kerak. Biz bunday yurtdoshlarimiz borligidan faxrlanishimiz kerak», dedi O‘FF prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter