Odam savdosiga aloqador huquqbuzarliklarning yagona bazasi tuziladi
«Odam savdosiga qarshi kurashishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishbo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.
Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oluvchi odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini joriy etishi belgilanmoqda:
- yagona markazlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar onlayn rejimida kiritilishi;
- odam savdosiga qarshi kurashish sohasida zarur axborot olish uchun elektron tartibda masofadan turib foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi;
- yagona markazlashtirilgan axborot tizimini elektron raqamli imzodan foydalangan holda identifikatsiyalash tizimi orqali yuritilishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter