Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochiqlikmi? Ochiqlik! - Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi

Ochiqlikmi? Ochiqlik! - Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘’basi ma’lum qilmoqda. E’tiborlisi, sudlarning qaysi instansiyasida nechta sudyalik lavozimi vakant ekani, bo‘sh o‘rinlarning hududlar kesimi bo‘yicha ma’lumot va o‘tkaziladigan tanlovlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali ilk bor ma’lum qilinmoqda. Sudyalarni lavozimga tayinlash va ozod qilishdek ancha pinhon va sirli jarayonlarning bir qismi jamoatchilikka ma’lum qilinayotgani Sudyalar oliy kengashi o‘z faoliyatida ochiqlik va shafoflikka intilayotganiga dalolat qiladi.

Kengashning OAV bilan aloqalar sho‘’basi ko‘ra, tanlov jarayonida ham ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi. Bu bora tegishli chora-tadbirlar ko‘rib qo‘yilgan.

Ayni paytda -

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining raisligi (1 nafar);
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining sudyaligi(1 nafar);
3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shumanay tuman sudining raisligi (1 nafar);
4. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mo‘ynoq tuman sudining raisligi (1 nafar);
5. Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar);
6. Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Andijon viloyati bo‘yicha:

1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudining raisligi (1 nafar);

Buxoro viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
3. Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Jizzax viloyati bo‘yicha:

1. Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyaligi (2 nafar);
2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
3. Shahrisabz tuman iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Navoiy viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Uchquduq tuman iqtisodiy sudining raisligi (1 nafar).

Namangan viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyaligi (2 nafar);
3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyaligi (1 nafar);
4. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining raisligi (1 nafar).

Samarqand viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar).

Surxondaryo viloyati bo‘yicha:

1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining raisligi (1 nafar);
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisligi (1 nafar);
3. Denov tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar);
4. Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Sirdaryo viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar).

Xorazm viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Toshkent viloyati bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
3. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
4. Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).
5. Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyaligi (1 nafar).

Toshkent shahar bo‘yicha:

1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar);
2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyaligi (1 nafar) -

bo‘sh bo‘lib, munosib egalarini kutmoqda.

Tanlovda o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisos bo‘yicha kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.

Nomzodlar ushbu xabar e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran 5 kun muddat ichida nomzod tegishli viloyat sudi sudyalari malaka hay’ati orqali (ixtisoslashuv bo‘yicha) ariza bilan Sudyalar oliy Kengashiga murojaat qilishi mumkin.

Arizalar taqdim etilishining oxirgi sanasi 2020 yil 20 avgust.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring