Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochiq osmon ostidagi muz maydonining ochilish vaqti ma’lum bo‘ldi

Ochiq osmon ostidagi muz maydonining ochilish vaqti ma’lum bo‘ldi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, 7-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldida ochiq osmon ostida qurilgan muz maydoni ishga tushiriladi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ochilish marosimi ertaga, ya’ni 7-yanvar kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Marosimda Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin ishtiroki kutilmoqda. Shu bilan birga o‘zbek estradasi yulduzlarining konserti o‘tkaziladi.

Bayram dasturlarini tomosha qilish istagidagi va shaxsiy konkiga ega bo‘lgan muzda uchish ishqibozlari uchun kirish bepul. Shuningdek, maydon oldida muzda uchishga mo‘ljallangan aksessuarlar ijarasi punkti xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring