Ochiq dengizda 95 kun qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Perulik bedarak yo‘qolgan baliqchi oradan 95 kun o‘tib Ekvadorda tirik holda topildi. Bu haqda Peru 21 gazetasi xabar berdi.
Napa Kastroni so‘nggi marotaba 2024-yilning 7-dekabrida o‘zi yashovchi Markonadan «Gaton-2» baliqchilar qayig‘ida ochiq dengiz tomon ketganida ko‘rishgan. U yaqinlari bilan aloqaga chiqib turgan, biroq 10 kundan so‘ng, u Santa-Rosa orolidan 40 mil (64 km) olisda chog‘i aloqa uzilib qolgan.
Qarindoshlari zudlik bilan hukumatdan yordam so‘rashdi, biroq qidiruvlar behuda ketdi. Oradan 84 kun o‘tib qo‘shni Ekvadordan xabar keldi...
Napa Kastro Ekvador sohillari yaqinida tirik holda topildi, uni mahalliy baliqchilar kemasi ekipaji qutqardi. Bu paytga kelib uning ahvoli juda og‘irlashgan, so‘nggi 15 kun suvsizlikdan azob chekkandi.
Qutqarilgan baliqchi tezda qarindoshlari bilan videomuloqot qilib, tirik va sog‘ ekanini ma’lum qildi. Perulik baliqchining oilasi bu safar hukumatga Napani mamlakatga qaytarishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter