Ochilboy Ramatov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi holatni o‘rganmoqda
Ichimlik suvi tarmoqlarini 2020-2021-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha ishlar mamlakatimizning olis hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridan boshlandi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu maqsadda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi dastlab 24-25-avgust kunlari Qoraqalpog‘istonda, 26-27-avgust kunlari esa Xorazmdagi holatni o‘rganishmoqda.
O‘rganish ishlarida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zsuvta’minot» AJ Boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov ham ishtirok etmoqda.
Bajarilgan ishlar:
«Qoraqalpoq suv ta’minoti» MChJ tomonidan hozirgacha:
- ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash bo‘yicha 15,1 km. tarmoq rejalashtirilgan, amalda 16,24 km.;
- nasos uskunalaridan 86 tasini ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 88 ta nasos;
- suv inshootlaridan 23 tasini ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 28 ta;
- 0,42 km. oqava suv tarmoqlarini ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 0,42 km.;
- nasos uskunalarilan 16 tasini ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 19 ta nasos;
- 2 ta oqova suv inshootini ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 3 ta bajarilgan.
«Xorazm suv ta’minoti» MChJ tomonidan hozirgacha:
- ichimlik suvi tarmoqlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha 1,54 km. tarmoq rejalashtirilgan, amalda 1,27 km.;
- ichimlik suvi tarmoqlarini joriy ta’mirlash bo‘yicha joriy yilga 4,77 km. tarmoq rejalashtirilgan, amalda 4,59 km.;
- nasos uskunalaridan 44 tasini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 32 ta;
- nasos uskunalaridan 58 tasini joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan, amalda 46 ta;
- ichimlik suvi inshootlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 12 ta bino va inshootlarni ta’mirlash rejalashtirilgan, amalda 8 ta;
- 68 ta mashina va mexanizmlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash rejalashtirilgan, amalda barcha mashina-mexanizmlar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, tayyor holga keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter