Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OCh. Besh nafar bokschimiz finalga chiqdi

OCh. Besh nafar bokschimiz finalga chiqdi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bellashuvlari o‘tkazildi.

Xabar berganimizdek, ushbu bosqich doirasida terma jamoamizning 9 nafar bokschisi final yo‘llanmasi uchun jang olib borishdi. Yakunda 9 bokschimizdan 5 nafari qit’a chempionligi uchun ringga ko‘tarilishi oydinlashdi. Erkaklar o‘rtasida faqatgina Shukurjon Rahimov yarim finalni boy berdi va chempionatning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ayol bokschilarimizning esa barchasi yarim finaldan o‘ta olmadi va ular ham bronza bilan kifoyalanishdi. 

Yarim final natijalari:

Erkaklar

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Mirlan Turkbai Uulu (Qirg‘iziston)

-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Pedres Bautista (Filippin)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Hussayn Iashaish (Iordaniya)

-60 kg: Shukurjon Rahimov – Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)

-69 kg: Bobo-Usmon Baturov – Ashish (Hindiston)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Mulayes (Suriya)

Ayollar

-69 kg: Shahnoza Yunusova – Xong Gu (Xitoy)

-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Yu Ting Lin (Xitoy Taypeyi)

-64 kg: Maftuna Meliyeva – Kaur Baat (Hindiston)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring