Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obameyang «Barselona»ga mehmonga kelganmi?

Obameyang «Barselona»ga mehmonga kelganmi?

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Barselona»ga o‘tishga juda yaqin, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Jumladan, jurnalist Fabritsio Romano shunday yozdi.

Insayder gabonlik Ispaniyaga kelgani, londonliklar Obameyangni kataloniyaliklarga ijaraga berishini ma’lum qilgandi.

Biroq so‘nggi daqiqalarda bitimga erishilmagani haqida xabarlar tarqalishni boshladi.

«Barselona» FK rasmiy sayti hozircha jim.

Eslatib o‘tamiz, Per-Emerikni «Arsenal» Dortmundning «Borussiya»sidan 2018-yil yozida 63,7 million yevroga sotib olgandi.

Joriy mavsum Obameyang uchun ko‘ngildagidek kechmayapti: «Arsenal» safida barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushirilib, yettita gol, ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi. Obameyang aslida bundan ko‘prog‘ini uddalay oluvchi futbolchi. Kamiga dekabr oyi o‘rtalarida jamoa sardorlik bog‘ichidan mahrum qilganidan beri maydonga kam tushyapti.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Obameyang maoshi kamaytirilsa ham «Barselona»da o‘ynash istagida. Endi unga bog‘liq bo‘lmagan bir holat qolmoqda: Usmon Dembele ketishi kerak. So‘nggi soatlarda har ikkisi uchun muhim kelishuvlar yuz berishi ehtimoldan xoli emas. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring