Ob-havo harorati ko‘tariladi — «O‘zgidromet»
Gidrometeorologiya xizmati yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
O‘tgan dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Ural (Rossiya) hududidan salqin havo massasi kirib keldi.
Havo harorati kechalari 10-15° gacha, kunduz kunlari 25-30° gacha pasaydi.
Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyining oxirigi o‘n kunligi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari harorat 12-17° dan yuqori bo‘lmaydi, haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30° atrofida bo‘ladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34° gacha biroz ko‘tariladi.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter