Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Tramp va Baydenni yengishi kutilayotgan yirik nomzod paydo bo‘ldi

OAV: Tramp va Baydenni yengishi kutilayotgan yirik nomzod paydo bo‘ldi

AQSh prezidentligiga nomzod kichik Robert Kennedi amerikalik saylovchilar orasida eng yuqori reytingni oldi, deb yozadi Forbes.

The Economist/YouGov tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Demokratik partiyadan nomzod sifatida kurash olib boradigan va amaldagi prezident Jo Baydenning raqibini respondentlarning 49 foizi ijobiy, atigi 30 foizi salbiy baholagan.

Kennedining sof reytingi 19 ballni tashkil etib, boshqa da’vogarlardan yuqori sanaladi.

Xususan, Bayden salbiy ko‘rsatkichga ega va - 9 ballik natija olgan - amerikaliklarning atigi 45 foizi AQSh prezidentini ijobiy baholaydi, 52 foizi esa unga qarshi. 

Respublikachi da’vogarlarga kelsak, yetakchi nomzod, AQShning sobiq rahbari Donald Tramp ham ijobiy reytingga ega emas – u -10 ball qayd etgan.

Siyosatchi 43 foiz qo‘llovga ega. 

Biroq, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqamlar Kennediga ustunlik berishi qiyin, chunki amerikaliklarning 21 foizi siyosatga munosabatini aniq aytmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring