Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV sohasida hamkorlik to‘g‘risida muhim bitim tasdiqlandi

OAV sohasida hamkorlik to‘g‘risida muhim bitim tasdiqlandi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda. 

Qaror bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2019-yil 14-iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring