Kim Chen In «potensial harbiy xavf» sabab armiyaning hozirligini tekshirib ko‘rdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda mintaqada harbiy kuchlarni kuchaytirish masalasi va ehtimoliy «potensial harbiy xavf» muhokama qilingan. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda kuch idoralarining asosiy instansiyalari komandirlarining rotatsiyasi muhokama qilingan.
Bundan tashqari, doimgidek uchrashuvning kengaytirilgan qismidan so‘ng yopiq yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Partiya Markaziy harbiy komissiyasining yopiq yig‘ilishida strategik maqsadlar va Koreya yarim orolidagi harbiy vaziyat bilan bog‘liq ravishda yetakchi harbiy qismlarni operatsiyalarga safarbar qilishga tayyorligi ko‘rib chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Shimol va Janubiy Koreyaning munosabatlarini zo‘r deb bo‘lmaydi. Bir muddat avval KXDR o‘z hududida Janubiy Koreya tomonidan qurilgan binoni portlatib yuborgan edi.
Shimolning AQSh bilan muzokaralari ham boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter