Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Iroqda 300 dan ortiq mahbus qatl etiladi

OAV: Iroqda 300 dan ortiq mahbus qatl etiladi

Iroq prezidenti devoni bayonotiga asoslanib xabar berishicha, mamlakatda 300 dan ortiq terroristlikda gumon qilingan shaxslar qatl etiladi. Iroq hukumati sud tomonidan ilgari asosan terroristik harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan 340 dan ortiq kishiga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishini ma’qullagan, deya xabar beradi TASS.

Hujjatda, Iroq rahbariyati «mamlakatning oxirgi instansiya sudlari tomonidan terrorizm va og‘ir jinoyat ishlarida ayblanayotganlarga nisbatan chiqarilgan 340 dan ortiq o‘lim jazosini ratifikatsiya qilgani» qayd etilgan. Iroq prezidenti ushbu o‘lim jazolarini 21-yanvar kuni Bag‘dodda ro‘y bergan teraktdan keyin tasdiqlagan.

Iroq qonunchiligiga binoan terakt sodir etishda yoki uni tashkillashtirishda aybdor deb topilganlarga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanadi. Konstitutsiyaga ko‘ra, ushbu jazo prezident tasdiqlagandan keyin ijro etiladi.

Prezidentlik idorasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim jazosi hukmlari «barcha huquqiy normalar va Iroq konstitutsiyasiga muvofiq ishlarni to‘liq o‘rganib chiqqandan so‘ng, shuningdek apellyasiya berishning barcha usullaridan foydalangan holda va mahkumlarga amnistiya qo‘llashning iloji yo‘qligidan keyin tasdiqlandi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring