OAV: Inestaning «Barselona»dan ketadigan sanasi ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning «Barselona» klubi sardori Andres Inesta klub rahbariyati bilan o‘z kelajagi borasida kelishib oldi, deb xabar tarqatdi «Sport.es» nashri.
Kataloniya nashri xabariga ko‘ra, 33 yoshli yarim himoyachi klub rahbariyati bilan 2019-yilning yanvar oyida «Kamp Nou»ni tark etishi haqida kelishib olgan.
Klub va uning afsonasi bunday qarorga kelishiga, aynan 2019-yilning boshida «Barselona»ga Braziliyaning «Gremio» klubidan Arturning kelib qo‘shilishi sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter