OAV: AQShning KXDR bilan aloqa o‘rnatishga urinishlari besamar ketmoqda
AQSh rasmiylari KXDRga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda. Shuningdek, Vashington tomoni deyarli bir oy davomida «turli kanallar orqali» Pxenyan bilan aloqada bo‘lishga harakat qildi, ammo javob ololmagan. Bu haqda Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakiliga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
«Eskalatsiya xavfini kamaytirish uchun biz fevral oyining o‘rtalaridan boshlab bir necha kanallar orqali, shu jumladan Nyu-York orqali KXDR rasmiylari bilan bog‘landik. Biroq Pxenyandan javob olmadik», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Oq uy Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosat bo‘yicha barcha yondashuvni kelgusi bir oy ichida qayta baholashni yakunlashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter