Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda «AQSh go‘zali»ning murdasi topildi

Nyu-Yorkda «AQSh go‘zali»ning murdasi topildi

«AQSh go‘zali-2019» tanlovi g‘olibasi Chesli Krist Nyu-Yorkda o‘lik holda topildi.

Bu haqda «New York Post» huquq-tartibot organlaridagi manbalariga asoslanib ma’lum qildi.

30 yoshli modelning jasadi yakshanba kuni ertalab u yashagan 60 qavatli osmono‘par bino yonidan topilgan. Qayd etilishicha, oxirgi marta Miss AQSh 2019-tanlovi g‘olibasini 29 qavatda ko‘rishgan. Krist barcha mulklarini onasiga qoldirmoqchi ekanligi haqida eslatma yozib qoldirgan.

O‘limidan biroz oldin Krist Instagramda «Bugungi kun sizga tinchlik olib kelsin» deya post e’lon qilgan va o‘zining suratini joylashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring