Nyu-Yorkda 110-mer rasman ishga kirishdi
Nyu-York (AQSh)ning yangi meri Erik Adams 2022-yilning 1-yanvaridan rasman faoliyat boshladi. Uning tantanali qasamyod marosimi Tayms-skverda bo‘lib o‘tdi.
Erik Adams Nyu-York merligi uchun 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik.
61 yoshli Erik Adams — farroshning o‘g‘li, politsiya sobiq kapitani, Bruklin okrugi rahbari hamda senator. U marosimda Nyu-Yorkni oldingi hayotga qaytarishga va’da berdi va o‘zini «Demokratlar partiyasining kelajagi», deb atadi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Adams erta turadi, vegetariancha parhez tutadi, umuman, sog‘lom turmush tarziga amal qiladi. Yana aytishlaricha, u ilk maoshini bitkoinlarda olmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter