Qashqadaryolik maslahatchi 65 yoshida o‘qishga kirdi
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Arabboy Xosiyatov 65 yoshda talaba bo‘ldi.
Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Arabboy Xosiyatov Chirchiq davlat pedagogika institutining ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari) yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni DTM imtihonlarning yakuniy natijalarini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter