Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov qo‘l mushagidan metal bo‘lagi chiqarilgani aks etgan videolarga munosabat bildirdi

Nurmat Otabekov qo‘l mushagidan metal bo‘lagi chiqarilgani aks etgan videolarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bemorning deltasimon mushagidan bir metal parchasi chiqarib olish jarayoni namoyish qilindi.

«Bu videoni tarqatayotganlar buni vaksinadan keyingi holat ekanini aytib, uni maxsus «chip» deyishmoqda. Bu haqiqatga mos kelmaydi!

Birinchidan, suyuq metal — faqatgina simob hisoblanadi. Temir moddasini suyultirilgan holda organizmga kiritish mumkin emas. Chunki juda yuqori haroratdagina temir moddasi suyuq holatga keladi.

Qolaversa, temir moddasini organizmga yuborish uchun igna uchi judayam yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Ushbu videodagi holatni vaksina bilan bog‘lash mutlaqo noto‘g‘ri! Bundan holatlarga ortiqcha e’tibor qaratmasligingizni so‘raymiz», deydi Nurmat Otabekov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring