Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusdagi harakatlar bo‘yicha bayonot berildi

Nukusdagi harakatlar bo‘yicha bayonot berildi

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ochiqlik va xohish-irodani erkin ifoda qilish siyosatiga qaramay, 2022 yil 1 iyul kuni Nukus shahrida bir guruh jinoyatchi shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g‘ayriqonuniy harakatlarni tashkil etgan, deyiladi Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xabarida.

Aytilishicha, populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyasiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog‘istonning ma’muriy binolari oldidagi maydonga yig‘ilgan.

Ig‘vogarlar yig‘ilgan fuqarolarga tayangan holda ushbu davlat muassasalarini egallab olishga va shu orqali jamiyatda ixtilof keltirib chiqarish, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarishga uringani aytilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qat’iy choralar bilan tashabbuskorlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari to‘xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo‘yilgan.

«Shuni ishonch bilan aytamizki, davlatimiz vaziyatni yanada beqarorlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur salohiyatga ega. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilarining bir guruhi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlarga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslar qo‘lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha ig‘vogarlarning shaxsi aniqlanadi va ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

Respublikadan tashqaridagi nosog‘lom kuchlarning Qoraqalpog‘istondagi vaziyat rivojiga, shu jumladan aniq yo‘naltirilgan axborot xurujlari va ro‘y berayotgan voqealarni qasddan buzib ko‘rsatish orqali ta’sir qilishga urinishlari qayd etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatda jamoat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda, fuqarolarni g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan ogohlantirib, yuzaga kelgan masalalarni qonun doirasida hal qilishda birgalikda sa’y-harakat qilishga chaqirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring