Nukusda tashlab ketilgan chaqaloqning hayoti saqlab qolindi
Qoraqalpog‘istonda chaqaloq tashlab ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
2022 yil 8 fevral kүni Taxtako‘pir tumanida doimiy ro‘yhatda turib, Nukus shahri Bo‘ston ko‘chasida vaqtincha yashagan A.K.(2002 yilda tug‘ilgan) farzandini dunyoga keltirib, o‘zi yashab turgan uyi yoniga tashlab ketgan.
Shundan so‘ng, chaqaloq Respublika perenatal markazi jonlantirish bo‘limida hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahri IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 117 moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter