Nukusda «Neksiya» yonib ketdi. Unga qo‘shilib xonadon va qo‘shnining uyi ham kuydi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati yangi yilning ilk haftasida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma’lumot berdi.
Xabarda yozilishicha, 2018-yilning 5-yanvar kuni Nukus shahrida yashovchi Ye.M. uyining hovlisida turgan «Neksiya» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Natijada hovlida turgan «Neksiya» va «Damas» rusumli avtomobillar hamda uyning 76 kv. m. maydonda tomi, shift qismi, uy jihozlari, shuningdek, yong‘in qo‘shni uyiga o‘tishidan 34 kv. m. maydonda tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter