Nukusda ikki nafar yosh yigit Yoshlar ittifoqi kafilligida sud zalidan ozod qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi va 277-moddasi 2-qismi «a» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan, yosh fuqarolar Tenelbayev Timur va Utegenov Xaytbay O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xo‘jayli tumani Kengashi tomonidan yoshlar kafilligiga olndi. Bu haqda «Kruz.uz» xabar bermoqda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 18-may kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kengashi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sudning hukumiga ko‘ra, yoshlar kafilligiga olingan yosh fuqaro Tenelbayev Timur Oserbayevich va Utegenov Xaytbay Dauletbayevichlar sud zalidan ozod qilindi.
— Ikki nafar yoshning ota-onasini o‘g‘illarini kafillikka olish bo‘yicha murojaat qilishdi, — deydi ittifoqning yuristi K.Palvaniyazov. Ularning murojaatlari o‘rganib chiqilib, yoshlar ittifoqi tomonidan kafillikka olindi.
Har ikkala yosh ham Nukus shahridagi Yoshlar Markazi binosidan ozod bo‘lgan holda chiqib ketishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter