Nukusda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

Nukus garnizonida qurib bitkazilgan yangi uylarning kalitlarini harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylariga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi matbuot zxizmati axborotiga ko‘ra, unda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakillari hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etgan.
Nukus shahrida barpo etilgan 30 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uyda harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil rejasi bo‘yicha 74 ta uy ipoteka krediti asosida, 21 tasi xizmat uylari sifatida qurilib, harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda topshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter