Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nufuzli musobaqada eng ko‘p jamoaga gol ura olgan futbolchi rekordini yangilab qo‘ydi

Nufuzli musobaqada eng ko‘p jamoaga gol ura olgan futbolchi rekordini yangilab qo‘ydi

Foto: «Yandex»

Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida «Barselona» o‘z maydonida «Napoli» ustidan 3:1 hisobda g‘alaba qozondi.

Neapolitanlar darvozasiga urilgan gollardan biriga Lionel Messi mualliflik qilib, navbatdagi rekordini yangilab qo‘ydi.

Ko‘kanorranglilar safida Langle, Messi va Suares (penaltidan) o‘z nomlarini tabloga yozib qo‘yishga musharraf bo‘lishdi. «Napoli»dan esa Insine o‘n bir metrlik nuqtadan darvozani aniq nishonga oldi.

Messi o‘yin davomida dubl ham qayd etishi mumkin edi. Biroq uning urgan goli VAR aralashuvidan so‘ng bekor qilindi. Gol urishdan oldin argentinalikning qo‘liga to‘p tegib ketgani qayd etildi.

Argentinalik hujumchi Yevropaning klublar o‘rtasidagi asosiy musobaqasida 35 ta jamoaga gol ura olgan yagona futbolchi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messining eng yaqin ta’qibchisi «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi: u 33 ta klubning darvozasini ishg‘ol qila olgan.

Bu yilgi Chempionlar ligasi mavsumida Messi oltita o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi, shuningdek, «Barselona» – «Napoli» o‘yinining eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring