Noyabrda ob-havo qanday keladi?
Noyabr — kuzning so‘nggi oyi va u odatda haroratning keskin o‘zgarib turishi bilan tavsiflanadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati oktyabr oyiga nisbatan 5-7 darajaga past bo‘ladi.
2023 yil noyabr oyi qanday bo‘ladi?
Oktyabr oyining oxirgi kunida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va sovuqdan so‘ng, noyabr quruq va ancha iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning birinchi besh kunligida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
1 noyabrda kunduzi havo harorati 17-19 daraja iliq bo‘ladi, 2-5 noyabr kunlariga 21-24 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi. Faqat kechasi va ertalab 5-10 daraja iliq bo‘lgan harorat bilan salqin bo‘lishi kuzatiladi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, O‘zgidrometning dastlabki baholashiga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida harorat kechalari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-20 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Sovuq havo davrlarida esa kechasi va ertalab 0-2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
Respublika shimolida ancha past harorat fonida — harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ushbu noyabr oyida yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, sovuq davrlarda esa qorga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter