Noxush xabar. Xorazmda is gazidan bir oilaning to‘rt a’zosi vafot etdi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Mazkur holatni Bosh prokuratura tasdiqladi.
Mahkama matbuot xizmati bayonotiga ko‘ra, 22.10.2019-yil soat 22.00da tumanning Ostona qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.G‘. (1974-y.t., yakka tartibdagi tadbirkor), turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola isitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Afsuski, qish mavsumi kirishi bilan is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush xabarlar yana tarqala boshladi. O‘tgan yili ham mamlakatimizning turli burchaklarida shunday ko‘plab fojiali hodisalar sodir bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter