«Novda Group»dan olimpiadachilarimizni tarixga muhrlash bo‘yicha ajoyib taklif!
O‘zbek rassomlari, «Novda Group» illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadachilarining natijalarini ko‘p qavatli uylar devorida mural ko‘rinishida tarixga muhrlash taklifini bildirishdi.
2020-yilda, poytaxtning Sergeli tumanida, Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlanish fondi tashabbusi bilan yosh rassom Xasan Maycheyev tomonidan shifokorlarga bag‘ishlangan ilk mural yaratilgan edi.
Pandemiya davrida shifokorlar ko‘rsatgan qahramonliklarga bo‘lgan ehtirom barchaning ko‘z o‘ngida yaraladigan va iste’dodli rassomlar tomonidan bajariladigan yangi madaniy inqilobga aylandi.
E’tiborga loyiq tomoni shundaki, bunday tashabbuslar Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
To‘qqiz qavatli binodagi uch bolakayning O‘zbekiston bayrog‘ini musaffo osmonga ko‘targani tasvirlangan strit-art buning yaqqol namunasidir.
E’tiboringizga «Novda Group» tomonidan Olimpiada chempionlari mavzusiga bag‘ishlab yaratilgan mural konsepsiyalarini taqdim etamiz.
Mualliflar ta’kidlab o‘tganidek, ushbu asar sportchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati uchun o‘ziga xos yodgorlik va hurmat timsoli, shuningdek Yurtimiz mustaqilligining 30 yilligiga yorqin sovg‘a bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter